UY BAZAR
XaritaLenta
E'lon berish

© 2026 UY BAZAR

XaritaLentaIpotekaAI yordamchiSolishtirishYordamFoydalanish shartlariMaxfiylik
Bosh sahifaLentaQo'shishSaqlanganProfil
AI yordamchi

Foydalanish shartlari

Yangilangan sana: 2026-yil oktabr

UY BAZAR — Qoraqalpog'istondagi uy-joy e'lonlari platformasi. Sayt va ilovadan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.

Platforma haqida

Biz makler emasmiz: e'lonlarni bir joyga yig'amiz va egalar hamda maklerlarga e'lon berish imkonini beramiz. Bitimlar sotuvchi va xaridor o'rtasida bevosita tuziladi.

E'lon berish

E'lon haqiqiy obyekt haqida bo'lishi, to'g'ri narx, rasm va aloqa ma'lumotlarini o'z ichiga olishi kerak.

Har bir e'lon AI yordamida tekshiriladi; shubhali e'lonlar moderatorga yuboriladi. Qoidalarga mos kelmaydigan e'lonlarni yashirish huquqini o'zimizda saqlab qolamiz.

E'lon 30 kun faol bo'ladi. So'ng Telegram orqali «Hali sotilmadimi?» deb so'raymiz — javob bo'lmasa, e'lon arxivga o'tadi. Hech narsa o'chirilmaydi.

Taqiqlanadi

Soxta yoki yolg'on e'lonlar, firibgarlik, spam, boshqalarning rasmlaridan ruxsatsiz foydalanish, haqoratli izohlar.

Javobgarlik

E'londagi ma'lumotlar uchun uni bergan foydalanuvchi javobgar. Instagram'dan olingan e'lonlardagi ma'lumotlar AI yordamida ajratilgan — qo'ng'iroq qilib aniqlashtiring. Oldindan pul o'tkazmang.

TOP va VIP

TOP va VIP belgilari e'lonni yuqorida ko'rsatadi. Saytda qo'shilgan e'lon egasi ularni hamyondan to'lab sotib oladi (3, 7 yoki 14 kunga); «Ko'tarish» e'lonni bir marta ro'yxat boshiga chiqaradi. Hamyon Click yoki Payme orqali to'ldiriladi. To'langan reklama uchun pul faqat administrator qarori bilan (ishlatilmagan qismi) qaytariladi.

O'zgarishlar

Shartlar yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida saytda xabar beramiz.