Akkauntni o'chirish
Yangilangan sana: 2026-yil oktabr
UY BAZAR akkauntingizni va unga bog'liq shaxsiy ma'lumotlaringizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
Qanday o'chiriladi
Saytda yoki ilovada: Profil → Sozlamalar → «Akkauntni o'chirish» → tasdiqlang.
Akkauntga kira olmasangiz: akkauntdagi raqamdan +998 91 927 70 05 raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki SMS yuboring.
Nima o'chiriladi
Ismingiz, telefon raqamingiz, o'zingiz haqingizdagi matn, saqlanganlar, saqlangan qidiruvlar, bildirishnomalar va barcha kirish sessiyalari.
E'lonlar
E'lonlaringiz arxivga o'tadi va saytda ko'rinmaydi; ularda ismingiz va raqamingiz qolmaydi.
Muddati
O'chirish darhol amalga oshadi va uni qaytarib bo'lmaydi. Shu raqam bilan qayta kirsangiz, yangi bo'sh akkaunt ochiladi.